10 fevraldan “Yoshlar va kino” shiori ostida O‘zbek milliy filmlari festivali o‘tkaziladi
Joriy yilning 10 fevralidan boshlab “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan Respublika bo‘ylab “Yoshlar va kino” shiori ostida O‘zbek milliy filmlari festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasiada Agentlik buyurtmasiga binoan so‘nggi yillarda yaratilgan eng sara milliy filmlar Respublika miqyosida bepul namoyish etiladi.
Shuningdek, namoyishlar davomida film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
Tez orada festival doirasida taqdim etiladigan filmlar va kinoteatrlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati.