10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat ob’yektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi

Prezident ishtirokidapgi yig‘ilishda Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1 martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat ob’yektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi.

To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat ob’yektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.