12 aprel – Jahon aviatsiyasi va kosmonavtikasi kuni
1961 yil 12 aprelda sobiq Sovet ittifoqi fuqarosi Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi bo‘lib Yer orbitasi bo‘ylab parvozni amalga oshirgandi. 108 minut davom etgan parvoz insoniyatning kosmosni o‘rganish tarixida yangi davrni boshlab berdi.
Inson ilk marta fazoga parvoz qilgan 12 aprel sanasi sobiq Sovet ittifoqida 1962 yildan kosmonavtika kuni kuni sifatida nishonlanib kelingan. BMT Bosh assamblayasining 2011 yil 7 apreldagi rezolyusiyasi bilan Inson koinotga parvoz qilgan kun – Jahon aviatsiyasi va kosmonavtikasi kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Jahon falakiyoti ilmining Mirzo Ulug‘bekdek buyuk siymosi voyaga yetgan O‘zbekistonnning kosmonavtika taraqqiyotidagi, dunyoning birinchi fazogiri hayotidagi tutgan o‘rni ham tarixiy ahamiyatga ega. Mirzacho‘l tumani markazi koinotga ilk parvoz inson xotirasiga Gagarin nomi bilan atalishida ham chuqur ma’no bor.
1974 yilda tuman markaziga shahar maqomi berilib, Gagarin nomi bilan atalgan. Shaharda birinchi kosmonavtga o‘rnatgan haykal Markaziy Osiyo respublikalaridagi eng mahobatlisi hisoblanadi.
Yuriy Gagarin O‘zbekistonga tez-tez mehmonga kelib turganligini bugun katta avlod vakillari yaxshi eslashadi. U 1961 yildan 1968 yilgacha respublikamizga olti marta kelgan. Yurtimizga safari davomida ko‘plab jamoat, madaniyat va san’at arboblari, yoshlar, oddiy odamlar orasidan do‘stlar orttirgan.
2019 yil Jahon aviatsiyasi va kosmonavtikasi kuni ham kosmonavtlar – Vladimir Jonibekov, Solijon Sharipov, Yuriy Onufriyenko va Rossiya davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiya a’zolari Yuriy Alekseyevich Gagarin haykalini ziyorat qilish uchun kelgandi.