15 yillik tajribaga ega uy xizmatchisi vazir o‘rinbosari bo‘ldi
- 03.02.2022 11:43
- 114
- Xorij
Chili prezidenti Gabriel Borich sobiq uy xizmatchisi Luz Vidalni ayollar ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari etib tayinladi.
15 yillik tajribaga ega uy xizmatchisi Luz Vidal Uirikeo ayollar va gender adliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi. Prezident tegishli farmonni imzoladi, deyiladi siyosatchining Twitterda e’lon qilgan bayonotida.
Ayol uzoq yillar mamlakatning poytaxt hududidagi turli oilalarda mehnat qilgan va uy xizmatchilari kasaba uyushmasi rahbari lavozimini egallagan.
Ma’lumki, 2021 yil dekabr oyida Chilidagi prezidentlik saylovlarida 35 yoshli sotsialist nomzod Gabriel Borich g‘alaba qozongan edi. Talabalar noroziligining sobiq yetakchisi va mamlakatning Antarktika hududlari bo‘yicha deputati mamlakat tarixidagi eng yosh yetakchiga aylandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa