Samarqandda to‘qqiz oyda 18 ta jinoyat ishi bo‘yicha 30 kishi oqlangan
Bu haqda viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan anjumanda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining raisi Olim Hayitov ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 2665 (2018 yilning mos davrida 4067) nafar shaxsga nisbatan 2080 (3243) ta jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan.
Shu davrda tamomlangan jami ishlarning 51,7 foizi yoki 1076 ta jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlarning 269 nafarini ayollar, 53 nafarini voyaga yetmaganlar, 86 nafarini esa 60 yoshdan oshgan shaxslar tashkil etgan.
Qayd etilganidek, hisobot davrda 442 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganliklari munosabati bilan tugatilib, 483 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.
Shuningdek, 18 ta jinoyat ishi bo‘yicha 30 nafar shaxslar oqlangan bo‘lsa, birinchi bosqich sudlari tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 208 nafar shaxslar sud zalining o‘zida qamoqdan ozod qilingan.
Jazoni ijro etish muassasalaridan 478 nafar shaxslar tayinlangan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli va jazo yengilrog‘iga almashtirilib, qamoqdan ozod etilgan.