Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyatiga jiddiy xavf solmoqda. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni har tomonlama hamda tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni olib bormoqda.

Albatta, milliy Parlamentimiz ham bu borada ta’sirchan choralarni ko‘rmoqda. Bu esa o‘z navbatida, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Zotan, fuqarolarni belgilangan har qanday tartib, qoida hamda xavf-xatarning oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks choralarga rioya qilmaslik yoxud ularni buzganlik uchun javobgarlikka tortish hamda ularga jazo qo‘llash faqat qonun bilan belgilangan normalarga asosan amalga oshiriladi.

Qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartishlarga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish ma’muriy huquqbuzarligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan bir qatorda, ichki ishlar organlariga ham berish nazarda tutilmoqda.

Shohrux MIRZAAHMEDOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi.