19 yoshli urgutlik yigitga sud hukmi o‘qildi
Urgut tumanida tug‘ilgan Sh.Boymurodov o‘zining uyali telefoni orqali internetning turli saytlaridagi xalqaro terrorchilik tashkilotlarning media guruhlari tomonidan diniy aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan videoroliklar va ma’ruzalarni tinglab, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Shu bilan birga terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilib, ularni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Sh.Boymurodov yaqin qarindoshining otasi vafot etganligini eshitib, Buxorodan Samarqandga kelayotgan vaqtida “Navoiy-Samarqand” yo‘nalishidagi YPX maskanida telefoni tekshirildi va diniy mazmundagi materiallar aniqlanib, uning bu faoliyatiga chek qo‘yildi.
Sudya A.Ahmadov raisligida o‘tgan ochiq sud majlisida 19 yoshli Sh.Boymurodovga Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.