Samarqandda 4 ming dollar pora olgan advokat ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlarining oldi olindi.
Xususan, Samarqand shahrida kuzatilgan holatda mahalliy advokatlik firmasi advokati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rilayotgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ayblanuvchisiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud idoralaridagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda uchala advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.