Arktikada havo harorati 1900 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi

AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil oktyabridan 2025 yil sentyabrigacha bo‘lgan davr Arktika uchun 1900 yildan buyon eng issiq davrga aylangan.

Hisobotda havo va suv haroratining oshishi muzliklarning tez erishiga va Arktika landshaftining o‘zgarishiga olib kelayotgani qayd etilgan. Olimlar dengiz sathi ko‘tarilishi ko‘chki va sunami xavfini kuchaytirishidan ogohlantirmoqda.

Shuningdek, muzliklar erishi oqibatida temir va boshqa elementlar ajralib chiqib, Arktika suvlarini ifloslantirayotgani, Chukotka va Bering dengizlarida ayrim hayvon turlari yo‘qolib ketishi mumkinligi bildirilgan.