Toyloqda Tadbirkorlar maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda iqtisod fanlari doktori, professor Nozir Ibragimov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ahmedov, Respublika Markaziy bank vakili Aziz Mardiyev, viloyat va tuman miqyosidagi mas’ul rahbarlar, tadbirkorlar hamda sanoat sohasi vakillari ishtirok etdi.
Avvalo, yig‘ilish ishtirokchilari “Daler Med-Servis” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbari tibbiyot va turizm sohasida erishilayotgan natijalar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Tumandagi bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni joylashtirish, kadastr va qurilish sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar haqida fikr bildirib, ularning yechimlari yuzasidan takliflar berishdi.