1999 yil Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishi sudda ko‘rilmoqda
Oliy sud 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarga aloqador sobiq bojxona xodimlarining ishini ko‘rishni boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha sobiq bojxona xodimi 2021 yilda oqlangan. Biroq Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so‘ng, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborilgan.
30 sentyabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyasiya tartibida ko‘rib chiqishga qaror qildi. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyasiya tartibida ko‘rib chiqishni so‘radi.
Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo‘la olmasligini e’lon qilishdi. Sudlanuvchilar suddan 2021 yil 24 iyulda Toshkent viloyati sudining apellyasiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so‘rashdi.
Sud tanaffus e’lon qildi, ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 2021 yil 7 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.