“Krokus”dagi teraktga aloqador yana bir tojikistonlik ushlandi
- 27.04.2024 09:34
- 129
- Xorij
Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga yaqin manbasiga tayanib, RBK xabar berdi.
Hududiy politsiya bo‘limidagi manbani tasdiqlashicha, 2003 yilda Tojikistonning Farhor shahrida tug‘ilgan Qurbonov Jumoxon Begijonovich qo‘lga olingan. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatini sodir etish) 3-qismi bilan ayblanmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. IShIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa