200 kVt elektr energiyasi viloyatdagi qancha xonadon uchun yetarli bo‘ldi?
Xabaringiz bor, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi miqdori uchun narx belgilashda yangi tartib kuchga kirgan.
Unga ko‘ra:
200 kVt/soatgacha 450 so‘m;
201 kVt/dan 1000 kVt.gacha 900 so‘m;
1001 kVtdan 5000 kVt.gacha 1350 so‘m;
5 001 kVtdan 10 000 kVt.gacha 1 575 so‘m;
10 001 kVt va undan yuqori iste’mol uchun 1 800 so‘m.
Xo‘p, belgilangan narxlar, xususan, 200 kVt elektr energiyasi qancha xonadon uchun yetarli bo‘ldi? Tahlil natijalari qanday raqamlarni ko‘rsatmoqda? "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali bo‘lim boshlig‘i A’zam Asadov bu haqda dastlabki xulosalarni ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, iyun oyida jami 760 ming iste’molchidan 549 mingtasi yoki 72 foizi ijtimoiy norma doirasida, ya’ni 200 kVt gacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.
Batafsil natijalar bilan videoda tanishishingiz mumkin.