2021 yil qancha qalbaki dori tarqalishiga chek qo‘yilgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 2021 yilda 7490 turdagi 1 million 578 ming 500 o‘ram dori vositasi va tibbiy buyum ekspertizadan o‘tkazilgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi, standartlashtirish markazi tomonidan sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtik mahsulotlarni aniqlash hamda ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

2021 yil markazga kelgan murojaatlarga ko‘ra, 7490 turdagi 1 million 578 ming 500 o‘ram dori vositasi va tibbiy buyum ekspertizadan o‘tkazilgan. Natijada:

- 1618 turdagi 72 ming 774 o‘ram dori vositasi yorliqlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talabiga mos kelmasligi (kontrafakt);

- 24 turdagi 13 785 o‘ram qalbakilashtirilgan dori bir necha marotaba takrorlangani;

- 396 turdagi 2794 o‘ram dori vositasi va tibbiy buyumlarning yaroqlilik muddati tugagani;

- 2578 turdagi 709 ming 347 o‘ram dori davlat ro‘yxatidan o‘tmagani;

- 2874 turdagi 779 ming 800 o‘ram dori vositasining muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi aniqlangan va qonuniy chora ko‘rilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilingan.