Aeroportda sifati kafolatlanmagan dorilar hamda tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Samarqand xalqaro aeroportiga “Almata-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.O. ixtiyoriy ravishda “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan o‘tayotganida shubha sababli to‘xtatiladi.

Yo‘lovchining bagaj sumkasi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Natijada A.O. tomonidan bojxonachilarning og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilmagan hamda bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha qiymati 21,2 million so‘mlik 2000 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari va 40 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.