2022 yil sarhisobi: O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida nimalarga erishildi?

Bu yo‘nalishda respublikamiz 81 ta indikator bo‘yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015 yilga nisbatan 36 ta pog‘onaga ko‘tarildi.

Innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 2018 yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion so‘mga yetkazildi.

Yosh olimlar 2018 yilda 6,5 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga o‘sdi.

Bundan 5 yil oldin ushbu fan yo‘nalishlarida olimlarning o‘rtacha yoshi 60 yoshni tashkil qilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 45 yoshni tashkil qilmoqda.

Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi. O‘tgan 5 yilda ilm-fanning kimyo, biologiya, geologiya, fizika, matematika kabi yo‘nalishlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi, buning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi.