Eng katta boylik – aql-zakovat va ilm

Davlatimiz rahbarining har bir yo‘nalish bo‘yicha aytayotgan fikrlari, oldimizga qo‘yayotgan vazifa va maqsadlari bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirishga katta turtki bo‘ladi.

Ayniqsa, 2020 yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilganini chin dildan qo‘llab-quvvatlayman.

To‘g‘ri-da, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta qashshoqlik esa bilimsizlikdir. Oldimizga qo‘ygan barcha maqsadlarimizga erishish uchun ilmli, zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislar, yangicha fikrlaydigan yosh avlod kerak. Bunday avlodni bugun tarbiyalashimiz zarur.

Ayni shu masalada Prezidentimiz ko‘pchilikka, butun xalqimizga manzur bo‘ladigan gapni aytdi. Ya’ni, bu yil oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarida davlat grantlarining ikki barobar oshirilishi, qizlar uchun alohida davlat grantlari ajratilishi bu oliy ta’lim tizimida juda katta yangilik, xalqimiz uchun qulaylik.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglab turib, xayolimdan shunday o‘y o‘tdi: biz murojaatnomani eshitish uchun viloyat hokimligi majlislar zaliga kirganimizda boshqa odam edik, chiqishda butunlay boshqa odamga aylanamiz.

Ilhom TO‘XTASINOV,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.