2022 yildan mol-mulk solig‘i kamaytiriladi

Buning natijasida binolar bo‘yicha soliq bazasida ham o‘zgarish bo‘ladi, deya xabar berdi Zarnews’uz ga Davlat kadastrlari palatasi viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.

"Jumladan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartirilmoqda.

Soliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi 1 kvadrat metr uchun mutloq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda.

Bu Toshkent shahrida – 2 million 500 ming so‘m;
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 1 million 500 ming so‘m;
- qolgan hududlarda – 1 million so‘m etib belgilanmoqda.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda", deyiladi xabarda.