Samarqandda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq koeffitsiyentlari tasdiqlandi

Samarqand viloyatida 2024 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida

Xalq deputatlari viloyat Kengashining QARORI

 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 21 dekabrdagi (03/41-40/1472-son) xati, viloyat soliq boshqarmasining 2024 yil 3 yanvardagi (19/10-00134-son) murojaati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024 yil 3 yanvardagi (02/02-38/2-son) xulosasi, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri R.Mahqulovning 2024 yil 4 yanvardagi (02/01-30-son) bildirgisiga asoslanib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson beshinchi sessiyasi QAROR QILADI:

  1. Samarqand viloyati shahar va tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 2024 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat soliq boshqarmasi (S.Eshmatov) mazkur qarorga asosan, 2024 yilda yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qo‘llanilayotgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning soliq to‘lovchilariga yetkazilishini ta’minlasin.
  3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» (N.Norbekov) ushbu qarorni «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sessiya raisi                           S.Usmonov

 2024 yil 26 yanvar         VI-95-3-7-0-K/24

 

  *Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 26 yanvardagi VI-95-3-7-0-K/24-son qaroriga

ilova

Viloyat shahar va tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 2024 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar

T/r

Hududlar nomi

Kamaytiruvchi koeffitsiyent

(yuridik soliq to‘lovchilardan tashqari)

Minimal miqdor 2024 yil uchun (ming so‘m)

1.

Kattaqo‘rg‘on shahri

1,00

1 200,0

2.

Oqdaryo tumani

0,66

792,0

3.

Bulung‘ur tumani

0,66

792,0

4.

Jomboy tumani

0,73

876,0

5.

Ishtixon tumani

0,67

804,0

6.

Kattaqo‘rg‘on tumani

0,61

732,0

7.

Qo‘shrabot tumani

0,50

600,0

8.

Narpay tumani

0,62

744,0

9.

Payariq tumani

0,61

732,0

10.

Past Darg‘om tumani

0,73

876,0

11.

Paxtachi tumani

0,51

612,0

12.

Samarqand tumani

0,78

936,0

13.

Nurobod tumani

0,51

612,0

14.

Toyloq tumani

0,73

876,0

15.

Urgut tumani

0,62

744,0