Joriy yildan mol-mulk va yer solig‘i 2 muddatda to‘lanadi

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan 2020 yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktyabrga qadar amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Hurmatli soliq to‘lovchilar, soliqlarning teng yarmi 15 aprelgacha to‘lanmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, penyaning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi. Hozirgi kunda penya 0,54 foiz.

Soliq qarzdorligingiz yoki 2020 yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalari to‘g‘risida Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Soliq maslahatchilari” telegram guruhi orqali bilib olishingiz ham mumkin.

Soliqlarni to‘lashga shoshiling!

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.