2025 yilda aholi tomorqalarida 253 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etiladi
Viloyatimizda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun 2025 yilda 66,5 ming gektardan ortiq maydonga ertagi ekinlar ekiladi va undan 1,3 million tonna hosil olish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 61 799 gektarga o‘rtaki ekinlar ekilib, 703 ming tonna, 4186 gektarga to‘qsonbosti usulida ekilgan ekinlardan 794 ming tonna hosil olish kutilmoqda.
Bundan tashqari, 2025 yilda viloyatdagi aholi tomorqalarida 253 gektar maydonda 14 mingdan ortiq kichik hajmli issiqxonalar qurish, shundan limonchilikka ixtisoslashgan 7,7 gektar maydonda 653 ta kichik limonxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.