2,6 milliard so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan byudjet buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunlarga rioya etilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari natijasida byudjet buyurtmachilari tomonidan 18 ta holatda 2,6 milliard so‘mlik davlat xaridlari ixtiyoriy bekor qilindi.

Jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi hamda Oqdaryo tuman madaniyat bo‘limi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi 2-qism 2-xatboshisi talablari buzilgan deb topilib, hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi. Ushbu byudjet buyurtmachilari tomonidan qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilib, maxsus komissiyaga ishni ko‘rib chiqishni to‘xtatish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etilganligi sababli ishni ko‘rib chiqish jarayoni tugatildi.

M.Hamroyev,
hududiy boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari.