Qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi
“Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (55-son, 05.02.2021 yil) qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.
📋 Qarorga ko‘ra, qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi.
🔰 Unga ko‘ra:
➖ qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
➖ elektron tanlov (tender) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
➖ tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
➖ tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
🔄 Qarorga ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
📁 Qaror bilan qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.