Keyingi yil Samarqandda 11 mingdan ortiq uy quriladi

2024 yilda viloyatda viloyatimizga investitsiya dasturi doirasida 1 trillion 680 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu mag‘lag‘ hisobidan 312 ta ob’yektda qurilish ishlari olib borilgan. Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash dasturlari doirasida qo‘shimcha 116 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, 300 dan ortiq ob’yekt foydalanishga topshirilgan.

Jumladan, 103 ta maktab, 26 ta maktabgacha ta’lim, 7 ta tibbiyot muassasasi, 3 ta sport ob’yekti qurilgan. 1881 kilometr avtomobil yo‘li va 17 ta ko‘prik, 79 ta inshooti, 262,7 kilometr ichimlik va oqova suv tarmog‘i ta’mirlangan. 

Bu ma’lumotlar  viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidn o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirildi.   

- Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ob’yektlarni optimizatsiya qilish maqsadida Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan shtab bilan birgalikda ob’yektlar loyiha hujjatlari ko‘rib chiqildi va joriy yilda 141 milliard so‘m mablag‘ iqtisod qilindi, - deydi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Umar Isayev. – Hududiy shtab bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi.

Oldingi yillarda 7 mingtagacha xonadonli uylar topshirilgan bo‘lsa 2024 yilda 10 mingtadan ortiq uy-joy foydalanishga topshirildi va keyingi yilda 11 mingta uy qurish rejalashtirilmoqda.

2024 yil 30 apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan “Yangi O‘zbekiston” massivlari soni 2 taga oshirildi. Ya’ni Samarqand shahar Qorasuv massivi va Toyloq tumani Charog‘bon massivlarida qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borish belgilandi.

Shuningdek, tadbirda bosh rejasi ishlab chiqilgan hududlar va dshk.uz portali orqali har bir fuqaro o‘zi yashab turgan hududining bosh rejasiga asoan o‘sha hududda qanday o‘zgarish bo‘lishligini ko‘rishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, hozir viloyatimizda 2500 ta ko‘p qavatli uy, 88352 ta xonadon mavjud. Viloyatda 48 ta boshqaruv servis kompaniyalari va 17 ta shirkat ularga xizmat ko‘rsatadi. Yil davomida BSKlar tomonidan 543 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlangan, 2 ta bolalar maydonchasi yangi qurilgan va 24 tasi joriy ta’mirlangan.

O‘.XUDOYBERDIYeV.