29 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi
- 28.06.2022 14:52
- 769
- Samarqand
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining “Bog‘bonlar” mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi yuz bergan voqea bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruv tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 42 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!