Past Darg‘omda 43 yoshli ayol o‘z joniga qasd qildi
- 10.10.2022 15:53
- 318
- Hodisa
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, shu yil 3 oktyabrdan 4 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Past Darg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Ma’lum qilinishicha, marhumaning 5 nafar farzandi bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Marhum S.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bir xil mehnat, bir xil mashaqqat, ammo ikki xil to‘lov...
- 31 daqiqa avval
- Jamiyat
Munosabat: "Moslama fuqaroga almashtirib berilgan"
- 46 daqiqa avval
- Jamiyat