23 yoshli qiz ko‘p qavatli uy derazasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand shahrida 23 yoshli qiz ko‘p qavatli uyning derazasidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, voqea 11 dekabrdan 12 dekabrga o‘tar kechasi soat taxminan 23:00 larda sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismi tomonidan Samarqand shahar prokuraturasiga berilgan xabar asosida hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, guvohlardan batafsil tushuntirish xatlari olingan.

Shuningdek, marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.