Samarqandda talaba o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi

Bugun, 24 fevral kuni Samarqandda 20 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, shu yilning 19 fevral kuni soat 17:00 lar atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.