30 yil avval muzlatilgan embrionlardan egizaklar dunyoga keldi
2022 yil 31 oktyabr kuni Tennessi shtatidagi shifoxonada 30 yil davomida muzda saqlangan embrionlardan egizaklar dunyoga keldi, deb xabar bermoqda «BiBiSi». Bolalarga Lidiya va Timoti deb nom berishdi.
Embrionlar 1992 yil 22 apreldan boshlab 2022 yilgacha eritilib, bo‘lajak ona Reychel Rijueyga o‘tqazilmaguncha, minus 128 darajali suyuq azotda saqlangan.
Dastlab embrionlar farzand xohlovchi oila uchun laboratoriyada yaratilgan va 2007 yilgacha saqlangan. Hozirda egizaklarni to‘rt farzandli Filipp Ridjuyey asrab olgan.
30 yil - bu muzlatilgan embrionlar saqlangan va keyinchalik onaga muvaffaqiyatli topshirilgan eng uzoq davrdir. Bundan avval 2020 yilda AQShda 27 yil davomida muzlatilgan embriondan Molli Gibson dunyoga kelgan.