7 oy ichida 168 mlrd. so‘mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotildi
Joriy yil o‘tgan davrda onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd. so‘mlik 83,2 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotildi.
Bu haqda AOKAda Respublika tovar xom-ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yanvar-iyul oylarida elektron davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 4 670,3 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘larining tejalishi ikki marotabaga o‘sib, 840,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz veb-saytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd. so‘mlik 83,2 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi bo‘yicha – 42 foizga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 million so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,0 million so‘mga teng bo‘ldi.