Bir haftada 9,4 milliard so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi. Ya’ni, 1-7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali umumiy summasi 9,4 milliard so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotilgan.
Bu vaqt mobaynida «O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 trln. 733,1 mlrd. so‘mlik tovarlar sotilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga nisbatan 8,1 foizga past. Bunda birja savdolari sotuvlarning 83,2 foizini, ko‘rgazma-yarmarka savdolari 1,7 foizni, elektron davlat xaridlari 14,5 foizni va avtoraqamlarning onlayn-auksioni 0,5 foizini tashkil etdi.
Qayd etilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 650,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 59,6 mlrd. so‘mlik mablag‘lari tejaldi.