7 oyda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
- 25.08.2020 18:40
- 547
- O‘zbekiston

O‘zbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149,7 % o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida 7219 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 338 taga kam.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona “Cobalt” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona “Nexia T-250” (96,6 %), 30 368 dona “Lacetti-Gentra” (124,5 %), 30 889 dona “Damas” (111,7 %), 16 370 dona “Spark” (138,9 %) hamda 4 520 dona “Labo“ (101,9 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ko‘zlarimga yosh keldi
- Bugun, 08:51
- Ta’lim
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- Kecha, 19:50
- O'qing, qiziq!
Sohil bo‘yidagi ona
- Kecha, 19:47
- Mutolaa
O‘zbekning ovoziga e’tirof bu
- Kecha, 15:09
- Jamiyat