7-Samarqand referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tarkibi tasdiqlandi

 Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida

 “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 19-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalari ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Rais                                Z. Nizamxodjayev

 

2023 yil  23 mart

***

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 23 martdagi 1214-son qaroriga ILOVA

 O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining ShAXSIY TARKIBI

(Samarqand viloyati bo‘yicha)

7-Samarqand referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi

Raisi

1.                  

Toshev Farmon Ishoqovich

Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri

Rais o‘rinbosari

2.                  

Yakubjanova Dilfuza Qodirovna

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Kotibi

3.                  

Toshniyozov Otabek Polvonovich

“Samarqand Kamalak invest tekstil” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri yuridik bo‘lim boshlig‘i

A’zolari

4.                  

Husanov Diyor Sheraliyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyati mintaqaviy vakili

5.                  

Hakimov Umid Akobirovich

“Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i

6.                  

Negmatova Shahzoda Shuhratovna

Samarqand davlat universiteti prorektori

7.                  

Boboyev Sarvar Boltayevich

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

8.                  

Boyxo‘rozov Bahrom Eliboyevich

Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

9.                  

Sultonov To‘lqinjon Ibragimovich

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori

10.             

Mo‘minova Gulruh Komilovna

 “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati maxsus muxbiri

11.             

Ashurov Shahobiddin Saidovich

Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori

12.             

Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari prorektori

13.             

Mamatqulova Dilorom Haydarovna

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti mas’ul xodimi

14.             

G‘afforova Zilola Hamidovna

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Samarqand viloyati filiali boshlig‘ining o‘rinbosari

15.             

Oqbo‘tayev Oybek Xolmurodovich

Viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

16.             

O‘roqova Madina Toshpo‘latovna

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litseyi direktorining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

17.             

Rustamov Latif Botirovich

viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

18.             

Xonkeldiyeva Feruza Musayevna

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi

19.             

O‘rolboyev Bekzod Xaliboyevich

Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining o‘rinbosari

20.             

Saidmuratova Nargiza O‘ktamovna

A.S.Pushkin  nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktorining o‘rinbosari

21.             

Shukurova Nafosat Isomiddin qizi

Samarqand tumani 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

*Izoh: Komissiya a’zolarining ish joyi va lavozimi 2023 yil 17 mart kuni holatiga ko‘rsatilgan.