Bezovta zamin va beqaror dunyo

Venesuelada sodir bo‘lgan vayronkor zilzila o‘tgankunlarimizning eng qayg‘uli voqealaridan biribo‘ldi. Undan ming-minglab odamlar jabrlandi. O‘sha kunlarda Markaziy Osiyoda ham yer kuchliqimirlab, odamlarga sayyoramizning yagonaligi vauning omonatligi haqida yana bir bor eslatibqo‘ydi.

Zamin nega bezovta?

Kuchli zilzilalarning sodir bo‘lishdavriyligiga e’tibor bergan kishi ularningko‘pincha Oy to‘lgan kunlarda sodir bo‘lishinisezishi mumkin. Shunday kunlarda Oy bilan Quyoshgo‘yo sayyoramizning ikki tomonida turib, nimanidir tortishayotgandek bo‘ladi. Bu xuddiNavro‘z bayramida bolalar ikki guruhga bo‘linib, arqon tortishganiga o‘xshab ketadi. Bunda Quyoshbilan Oy sayyoramizni o‘z tomonlariga batamomtortib olmasalar-da, uning bag‘ridagi omonatturgan qatlamlar holatiga kuchli ta’siro‘tkazishlari ilmiy jihatdan isbotlanganhodisalardir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: o‘nlabmamlakatlarni, yuksak tog‘larni, bepoyonsahrolarni o‘z joyidan qimirlatishning o‘zibo‘ladimi?! Buning uchun buyuk bir samoviy qudratkerak bo‘lishini fan allaqachon isbotlab bergan. O‘rni kelganda shuni ham qayd etib o‘tish kerakki, Yer sayyorasidagi hayotiy faoliyatga nafaqat Oy vaQuyosh, balki Quyosh tizimidagi barchasayyoralarning faol ishtirok etishi ilmiyjihatdan aniq dalillangan haqiqatlardir.

Aytaylik, eng yirik Yupiter sayyorasiningQuyosh atrofidagi harakati Yer va Oyning samoviysiljishiga bevosita ta’sir qilib turarkan, hatto, yil fasllarining almashinish mexanizmiYupiterning gravitasion ta’siriga bog‘liq, deganilmiy farazlar ham mavjud. Shu ma’noda, Yerdagihayotga yulduzlarning ta’siri haqidagi kosmologikqarashlarda haqiqat bo‘lsa zinhor ajablanadiganjoyi yo‘q. Shunda ba’zi kishilarda Oy bilan Quyoshning teng emasligi, ular qanday birdekta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida shubha paydobo‘lishi mumkin. E’tibor bersangiz, Alloh o‘zqudrat qo‘li bilan ularning osmondagi ko‘rinmakattaligini bir xil qilib qo‘yibdi. Bas shundayekan, ularning Yerga nisbatan ta’sir kuchlariniham tenglashtirib qo‘yganiga qanaqa shubha bo‘lishimumkin?!

Kishilik jamiyati tabiatning bir bo‘lagisifatida uning uzviy davomiga o‘xshaydi. Unda hamkatta millatlar, kichik millatlar, katta-kichikdavlatlar, odamlar borligi mutlaqo tabiiy holat. Yana shunisi ham aniqki, ularning barchasi yaratgantomonidan "taroqning tishlaridek" teng qilibqo‘yilgan. Aynan shu bois ham ular hamisha huquqva burchda "el qatori" teng bo‘lishga harakat qiladi, teng bo‘lishga tirishadi. Hudud jihatdan bepoyonRossiya bilan jimitdek Vatikan yoki Monakoningo‘zini teng tutishi, milliarder boydan kambag‘alodamning g‘ururi past emasligi ham aynan anashundan.

Dunyodagi bugungi voqealarni kuzatar ekanmiz,qayerda ana shu tenglik tamoyili buzilayotgan bo‘lsao‘sha joylardagi odamlar ham jisman, ham ruhanosoyish topmayotganligini sezish qiyin emas, bunda tabiat bilan jamiyatning uzviy bog‘liqligikaftdek namoyon bo‘lib turibdi.

Afsonalar jangi

Bugungi kunlarimizning qayg‘uli voqealaridanyana biri sobiq qardoshlarimiz: rus va ukrainxalqlari orasida davom etib kelayotgan qonliurushdir. Uning boshlanganiga qariyb besh yil, ayrim hisoblarga ko‘ra o‘n ikki yildan oshibketgan bo‘lsa-da, qirg‘inbarot janglarining hali-hanuz oxiri ko‘rinmayapti.

Ukrainlar tinchlikka rozi bo‘lib turishganbo‘lsalar ham rossiyaliklar urush oloviga kundankunga ko‘proq o‘tin qalamoqdalar. Oqibat uningalangasida minglab, yuz minglab odamlar jizg‘anakbo‘lmoqda. Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, har ikki tomondan qariyb ikki millionga yaqinkishi halok bo‘lgan yoki mayib-majruh bo‘libqolgan. Bedarak yo‘qolgan odamlarning ham aniqhisobi yo‘q. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, janglarda ming-minglab o‘zbekistonlikqorako‘zlarimiz ham qatnashayotgan emishlar. Sabab?!

Turlicha! Birov mo‘may pul ilinjida, yanakimdir turmadan qutulish uchun, yana kimdir Rossiya fuqarosi sifatida harbiy burchini ado etmoqdaekan. Nima ham derdik, hayot har bir kishi uchunturli yo‘llarni yaratib qo‘yibdi, tanlash ixtiyoriesa har kimning o‘z ixtiyorida. Shunisi aniqki: o‘zga davlatlar orasida bo‘layotgan urushlardaishtirok etgan O‘zbekiston fuqarolari uchunrespublikamiz Jinoyat kodeksida qattiq jazochoralari belgilab qo‘yilgan. Aslini olganda, bujanglarda ishtirok etish uchun bizningfuqarolarimizda hech bir jiddiy sabab mavjudemas. Qolaversa, bu ikki xalq orasida hamurushishga asos bo‘ladigan jiddiy omilning o‘ziyo‘q.

Xalqlar va mamlakatlarning tengliktamoyilidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Rossiya vaUkrainaning xalqaro hamjamiyatda huquq hamdaburchlari birdek teng. Hozir bundoq olibqarasangiz, dunyo mamlakatlari bir-birigadiametral zid bo‘lgan ikki qutbda yashayotgandek. Birlari xalqaro huquq va qonunlar doirasidayashash tarafdori bo‘lsa, ikkinchilari qonun vaqoidalarni mensimaydigan davlatlardir. AQShdaDonald Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, butendensiya yanada kuchaydi. Dunyodagi boshqa katta-kichik davlatlar ham: "Nega Amerika va Rossiya uchun mumkin bo‘lgan narsa bizga mumkin emasekan?" degan savolga javob izlamoqda. Bu esa o‘znavbatida dunyoda boshboshdoqlikni kuchaytirib,xalqlararo tinchlik-totuvlikka katta xatar paydoqilmoqda.

Yaxshi e’tibor berib qaralsa, rus va ukrainxalqlari shubhali afsonalar tevaragida o‘ralashibqoldilar. Qadimiy Rusning kimga tegishliekanligi haqidagi tarixiy bahslar shularjumlasidandir. Rus shovinist adibi Aleksandr Soljenisinning Ukrainasiz Rossiya mavjud bo‘laolmasligi yoki urush tashabbuskori Vladimir Putinning rus hamda ukrain xalqlarining bittaxalq ekanligi haqidagi soxta nazariyalari qonlijanglarning debochasi bo‘ldi, desak xatoqilmaymiz. Xalqaro huquq me’yorlarini nazar-pisand qilmay qo‘shni mamlakatlarga bosqinchilikuyushtirish balki o‘tgan asrlar uchun unchalikg‘ayritabiiy holat bo‘lmasligi mumkin. Ammo XXI asrda bunaqa harbiy tajovuzlar og‘ir oqibatlargaolib kelishini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz. Bu masalaning bir tomoni.

Ikkinchi tomondan olib qaralsa, Rossiya zabtetgan yangi hududlarning ahvoliga maymunlaryig‘laydi. Bir vaqtlar ittifoqning eng so‘limmaskanlaridan biri bo‘lgan Abxaziya hozir egalario‘lib ketgan uydek bo‘lib yotibdi. Shimoliy Osetiya, Pridnestrovya, Donesk, Zaporojye va Nikolayev viloyatlarida ham shu ahvol. Ukrainaning Rossiya bosib olgan hududlarida birorta qishloq yokishaharcha sog‘ qolmagan, barchasi vayron-teron bo‘libyotibdi. Bunga kosmosdan tushirilganfotosuratlarga qarab ishonch hosil qilish mumkin. Nisbatan barqaror hudud hisoblangan Qrim yarim oroli ham bugun urush maydoniga aylandi. Urushning qadami nafaqat Qrim, balki Moskva, Peterburg kabi markaziy shaharlarga ham yetibbordi. Rossiyaning Yevropa qismidagi barcha yirikshaharlar ukrain dronlari va raketalariningnishoniga aylanib ulgurdi.

 

Kim kimni?

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya ichkarisidagiharbiy inshootlar, korxonalar va strategikahamiyat kasb etuvchi ob’yektlarni tizimli ravishdavayron qilayotgani asta-sekin bo‘lsa-da bosqinchikuchlarning harbiy qudratini sezilarli darajadazaiflashtira bormoqda. Shubhasiz, Rossiya juda katta kuch va salohiyatga ega mamlakat. Uningbitmas-tuganmas boyliklari yana uzoq vaqtmuvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishgabemalol kifoya qiladi.

Endigi holat shundayki, bu borada Ukrainaningkuch-quvvati ham anoyi emasligi ayon bo‘libbormoqda. Nega desangiz, jahonning ellikdan ziyodrivojlangan davlatlari uni qo‘llab-quvvatlabturibdi. Shu tufayli bo‘lsa kerak, keyingipaytlarda kuchlar nisbati tenglashib, ukrainlarning toshi og‘ir bosib borayotgani yaqqolsezilmoqda. Vashingtondagi strategik va xalqarotadqiqotlar markazi (CSIS) hisobotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hujumlariniqaytarishda va Qrim yarim orolini qamal qilishdasezilarli muvaffaqiyatga erishmoqda. Rossiya armiya saflaridagi yo‘qotishlarning keskin o‘sishimuammosiga duch kelmoqda. Urushning katta qismida yo‘qotishlar nisbati Ukrainaga qaraganda2:1 yoki 3:1 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yilningbirinchi yarmida 8:1 gacha yetdi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tomonijanglarda har kuni 30-34 ming odam yo‘qotmoqda.Tahlilchilarning qayd etishicha, yo‘qotishlarning 90 foizidan ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri janglarda emas, balki aynan dron zarbalariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari kundan kunga toboratashvishli xabarlar tarqatmoqda. Hozir Ukrainadaminglab dronlar ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, kelajakda millionlab uchuvchisiz boshqariladiganturli xildagi jang vositalari yaratilishikutilayotgan ekan. Bu bir