8 sentyabr – Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni

Bayram 1958 yilda Xalqaro Jurnalistlar Tashkiloti Kongressining qarori bilan ta’sis etilgan. Sanani tanlash 1943 yil 8 sentyabrda fashistlarning Berlinda chexoslovakiyalik jurnalist va adabiyot tanqidchisi Yulius Fuchik qatl etilishi bilan bog‘liq. Qamoqxonada bo‘la turib, u "Bo‘yinda sirtmoq bilan reportaj" kitobini yozishga muvaffaq bo‘ldi. Vafotidan keyin, 1950 yilda kitob uchun Xalqaro Tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi. Kitob dunyoning 70 ta tiliga tarjima qilindi.

Butun dunyoda jurnalistika eng xavfli kasblardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyoning deyarli har burchagida jurnalistlarga tazyiq uyushtiriladi, hayotiga suiqasd qilinadi.

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda dunyoda 32 nafar jurnalist o‘ldirilgan, 65 jurnalist bedarak yo‘qolgan, 251 kishi qamoqqa tashlangan.

Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni butun dunyoda turli mamlakatlar jurnalistlarini birlashtiradigan konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi. Og‘ir sharoitlarda ham o‘z kasbiga sodiq jurnalistlar mukofotlanadi.