Achchiq ovqat umrni uzaytiradi(mi?)

Buni tajriba o‘tkazgan xitoylik olimlar isbotlab berdi. 7 yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan yarim million xitoyliklar kuzatilib borildi. Ko‘ngillilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhdagilar haftasiga 3 marta achchiq ovqat, ikkinchi guruhdagilar esa achchiq ovqatdan tashqari hamma narsani iste’mol qildi. Natijada birinchi guruhdagi kishilarda o‘lim darajasi ikkinchi guruhga nisbatan 14 foizga past bo‘ldi.

Gap shundaki, qalampir tarkibida maxsus kapsaitsin moddasi mavjud. Aynan u qalampirga o‘tkirlikni beradi. Kapsaitsin tanadagi quvonch gormoni  - endorfin ishlab chiqarishni osonlashtiradi.

Shuningdek, kapsaitsin saraton hujayralarini o‘ldiradi. U mitoxondriyalar (yonilg‘i baklari vazifasini bajaradigan organik birikmalar)ni qiynab qo‘yib, haqiqatda saraton hujayralarini energiyadan mahrum qiladi. Sog‘lom hujayralar esa bundan zarar ko‘rmaydi.