Adliya vazirligi bir nechta qarorni ro‘yxatdan o‘tkazdi, ularga ko‘ra qog‘ozbozlik yanada kamayadi
- 18.06.2019 09:53
- 110
- Siyosat
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, farzandi tug‘ilganligi munosabati bilan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tayinlashni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan mehnat daftarchasining nusxasi va yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Shuningdek, yoshga doir pensiya va nafaqalarni, nogironlik pensiyasini, dafn etishga bir martalik nafaqa tayinlashda yashash joyidan ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash yig‘ma jildida O‘lim to‘g‘risida guvohnomaning asli o‘rniga nusxasini taqdim etiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa