Aeroportda psixotrop moddalar ushlab qolindi

Samarqand xalqaro aeroportiga “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishidagi 276-sonli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.L. bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli yuklar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Xolislar ishtirokida fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi tekshirilganda, 35 dona ekspert-kriminalistika ekspertiza xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalarning ro‘yxatiga kiritilgan “Medazepam” nomli tabletkalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

axborot xizmati.