Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 900 dan oshdi

Avvalroq Afg‘onistonagi zilzila haqda xabar berilgandi. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, ofat 920 kishining yostig‘ini quritgan.

5,9 magnitudali mazkur zilzila qurbonlari oshishi mumkin, 600 ga yaqin kishi jarohatlangan aytilmoqda. Tabiiy ofat seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi mamlakat janubi-sharqida joylashgan Xost va Paktika provinsiyalarida yuz berdi. Yer silkinishlari qo‘shni Pokiston, shuningdek, Hindistonda ham sezilgan.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, zilzila natijasida ko‘chkilar sodir bo‘lgan.

Mahalliy qishloqlardagi ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, odamlar hali ham vayronalar ostida qolmoqda. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, yaradorlar vertolyotda shifoxonalarga evakuatsiya qilinmoqda.

Mamlakat rasmiylari shoshilinch yordam so‘rab xalqaro gumanitar tashkilotlarga murojaat qilgan.