AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana oshdi
- 09.02.2021 14:51
- 157
- O‘zbekiston
O‘tgan haftada birja savdolariga 30 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 6 520,5 tonnasi, ya’ni 21,4 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 22 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning 1 tonnasi uchun 5 763,0 ming so‘mdan 5 822,5 ming so‘mgacha yoki 1 foizga o‘sdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 767,9 ming so‘mni, AI-91 – 6 958,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining 1 tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘l, ko‘z va qalb... yoki uch orzu
- 1 soat avval
- Mutolaa
Mutolaa: Sovg‘a (Hajviya)
- Kecha, 16:14
- Mutolaa
Alisher Navoiy qanday kasallikdan vafot etgan?
- 03/01, 18:58
- Madaniyat