Aleksandr Lukashenko rasman Belarus prezidentligi lavozimini qabul qilib oldi

23 sentyabr kuni Aleksandr Lukashenko o‘ng qo‘lini Belarus Respublikasi Konstitutsiyasi ustiga qo‘yib, qasamyod qabul qildi. Shundan so‘ng Markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshina saylangan davlat rahbariga davlat prezidenti guvohnomasini topshirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Tadbir Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha yuzlab mansabdorlar, parlament a’zolari, OAV rahbarlari, sport va madaniyat arboblari qatnashdi.

Belarus prezidentligi uchun 9 avgust kuni o‘tkazilgan saylovlarda 80,1 foiz ovoz olib, Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgan edi.