Aliyev Qorabog‘ hududlarida tiklash ishlari boshlanganini ma’lum qildi
- 20.11.2020 23:00
- 126
- Xorij
Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev mamlakat nazoratiga o‘tgan Qorabog‘ hududlarini tiklash ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u 20 noyabr kuni Ozarbayjon xalqiga qilgan murojaatida so‘zladi.
“Biz tiklash ishlarini boshladik. Fuzuliydan Shushagacha yo‘l qurilishi bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berdim. Prezident zaxira fondidan dastlab 50 million manat (29.500.000 AQSh dollari) ajratildi. Ushbu mablag‘ yetarli bo‘lmaydi. Kelgusi yilda qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi”, dedi Aliyev murojaatda.
Bundan tashqari, Aliyev Qorabog‘ mojarosi “ortda qolganini” ta’kidladi.
“Shunday qilib, Armaniston-Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ mojarosi ortda qoldi. Buni xalqaro mutaxassislar ham ta’kidlamoqda. Jang maydonida qoyilmaqom g‘alabaga erishgan Ozarbayjon siyosat maydonida ham o‘z maqsadiga erishdi”, deb ta’kidladi Aliyev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa