Tog‘li Qorabog‘dagi portlash qurbonlari soni ortmoqda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kecha Tog‘li Qorabog‘dagi yoqilg‘i omborida sodir bo‘lgan portlashda kamida 125 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum tarqatdi.

Qurbonlar jasadlari Armanistonga yetkazilgan, biroq ularning shaxsini aniqlash hali boshlanmagan. Yana 67 nafar jabrlanuvchi milliy kuyish markazida davolanmoqda. Ularning aksariyatining ahvoli “og‘ir” va “o‘ta og‘ir” deb baholanmoqda.

Mahalliy OAVlariga ko‘ra, hozirda 250 dan ortiq jabrlanganlar ma’lum, bedarak yo‘qolganlar bor.

Stepanakert yaqinidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida 25 sentyabr kuni portlash sodir bo‘lgan. U yerda yoqilg‘i olib ketayotgan benzovoz portlab ketgan. Portlashga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum.