Eron Qorabog‘ mojarosida vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Tehron Qorabog‘ kelishuvida vositachilik qilishga tayyor va uning rejasi barqaror tinchlikka erishishda yordam berishiga umid qilmoqda. Bu haqda 30 oktyabr kuni Eron prezidentining maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchi RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Eron Islom Respublikasi ushbu masalaning muhimligini va ikki mamlakat – Armaniston va Ozarbayjon bilan olib borayotgan yaxshi munosabatlarini, shuningdek, ushbu mintaqaning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda, Eron Islom Respublikasi har doim sulh tuzish, o‘zaro muloqotni boshlash va tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishga tayyorligini e’lon qilib kelgan”, dedi Arakchi Eron Qorabog‘dagi vaziyatni barqarorlashtirishda vositachi vazifasini olishga tayyormi, degan savolga javob qaytarib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Bu oson jarayon emas. Sababi, ko‘plab - mintaqada tashqaridan tinchlik bo‘lishini istamaganlarning aralashuvi kabi muammolar mavjud”.
Arakchi aynan kimni nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi. Biroz ilgari, u vaziyatni barqarorlashtirishda Rossiya va Turkiyaning alohida o‘rni borligini ta’kidlagan edi.