Qorabog‘dagi harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi soni 69 nafarga yetdi

Bu haqda 28 oktyabr kuni Ozarbayjon bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
“Tog‘li Qorabog‘ hududidagi to‘qnashuvlar boshlanganidan buyon 69 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 322 kishi jarohatlandi. Yashash uchun yaroqsiz holga keltirilgan uylar soni 2338 tani, yaroqsiz holga keltirilgan ko‘p qavatli yashash binolari soni 92 tani tashkil etmoqda. Shu bilan birga, yaroqsiz holga kelgan fuqarolik inshootlari soni 415 ta tashkil etmoqda”, deya ma’lum qilindi Ozarbayjon bosh prokuraturasi matbuot xizmati tomonidan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o‘tar kechasi va bugun ertalab jangovar harakatlar asosan Agderin, Xo‘javend, Fizuli, Zangili va Gubadli front yo‘nalishida davom etgan.