Fransiya tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olinmasligini ma’lum qildi
Fransiya o‘zini mustaqil, deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ni tan olmaydi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vazirligi (TIV) vakili ma’lum qildi.
“Fransiya o‘zini mustaqil, deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ni tan olmaydi”, deyilgan TIV rasmiy vakili bayonotida.
Shuningdek, u Fransiyani YeXHT Minsk guruhi hamraisi sifatidagi mas’uliyati, Tog‘li Qorabog‘ mojarosini, xususan, uning kelgusidagi maqomini muzokaralar yo‘li bilan hal qilish ustida ishlashdan iborat ekanini, ushbu muzokaralar natijasini oldindan va bir tomonlama aniqlash mumkin emasligini alohida ta’kidladi.
25 noyabr kuni kechqurun Fransiya Senati mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat hukumatini Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qildi. Shu bilan birga, Fransiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Jan-Batis Lemuan Fransiyaning Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligining bir tomonlama tan olinishidan ma’no yo‘qligini, bu tinchlik jarayonining rivojlanishida yordam bermasligini ta’kidladi.