Amerika bozori quladi va milliardlab dollar yo‘qotdi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdagi keskinlik Vashingtonga qimmatga tushdi. Dushanba kuni o‘tkazilgan savdo sessiyasi natijalariga ko‘ra, AQSh fond bozorlari umumiy hisobda 700 milliard dollar zarar ko‘rgan. Bu haqida  Bloomberg xabar bermoqda, deb yozadi lenta.ru.

S&P 500 indeksi uch foizga tushgan – 2844.74 gacha, uning tarkibiga kiradigan, 11 tadan tashqari, barcha kompaniyalar arzon narxlarda savdo qilishgan.  Dow Jones 700 dan ortiq bandda mag‘lub bo‘lgan (savdolar yopilish vaqtida – 25717.74), IBM 4.41 foiz yo‘qotgan, savdolar yopilishi vaqtida aksiya narxi 140.76 dollarni tashkil qilgan, Apple 5.23 foizga qulagan – savdolar yopilishi vaqtida – bir dona aksiya uchun 193.34 dollargacha. Shell 1.35 foizga arzonlagan, neft kompaniyasining narxi 2330 dollarni tashkil qilgan.

Independent Advisor Alliance’ning investitsiyalar bo‘yicha direktorining fikricha, barcha voqealar valyutalar urushiga qarab bormoqda. “Iqtisodiy urush hozirgi kunga kelib kuchaymoqda va buning oqibatida valyutalar urushi boshlanishi ehtimoldan xoli emas” – deya taxmin qildi u. Dunyoning ikki yirik moliyachilari o‘rtasidagi kelishmovchilikning cho‘zilib ketishi soyasida dunyo sarmoyadorlari qimmatli qog‘ozlariga boshpana topish tashvishiga tushib qolishdi. Bu holatdan oltin va yapon iyenasi yutmoqda, oltin 1476.50 dollarga qimmatladi, biroq birozdan keyin bir unsiysi uchun 1473.90 dollarga arzonladi, yapon valyutasi esa 0.5 foizga qimmatladi va bir dollar uchun 106.05 iyenga ko‘tarildi.  

Xitoy valyutasi yuanning narxi bir dollar uchun 7 yuangacha tushib ketdi (2008 yildan beri ilk marotaba), 2 avgust kuni ham yuan narxi bir dollar uchun 6.93 yuanni tashkil qilgan. Tramp Xitoyni valyuta bilan o‘yin qilganlikda aybladi.