Amerika razvedkachisi «Qora shahzoda»ning halokati

Joriy yilning 27 yanvarida Yaqin Sharqdan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining Afg‘onistondagi yuqori lavozimli zobiti Maykl D’Andrea halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

U Eron generali Qosim Sulaymonni yo‘q qilishda rahbarlik qilgan edi. 2017 yilda AQSh prezidenti Maykl D’Andreani Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar uchun mas’ul qilib tayinlagan edi. Uzoq yillar uning ism-sharifi, lavozimi qat’iy sir saqlanib kelindi.

U «qiyofasiz odam», «qora shahzoda» degan laqablar ostida faoliyat yuritgan. Ammo o‘shanda «Vashington post» birinchi marta yangi tayinlanish haqida yozgandi. Tramp esa gazetani razvedkaning o‘ta maxfiy sirini fosh etishda ayblagandi.

«Mir novostey» (2020 y. 6-son).