Amur yo‘lbarslari mo‘ynasini sotib, suyagidan sharob tayyorlovchilar javobgarlikka tortildi
Xitoydagi davlat yovvoyi hayvonlar boshpana muassasasini Amur yo‘lbarslarini yashirincha so‘yib, mo‘ynasini sotish va suyaklaridan an’anaviy quvvatni oshiruvchi sharob tayyorlashda ayblashdi. Bu haqda Daily Mail yozadi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yovvoyi tabiatni muhofaza qilish assotsiatsiyasi qoshidagi Sinxuandao hayvonot dunyosini qutqarish xizmatidagilar hayvonlar terisining bir donasini 700 ming yuanga (deyarli 8 million rubl) pullagan. Shu bilan birga, ekzotik mahsulot sifatida yo‘lbars go‘shti sodir bo‘layotgan jinoyatlarga ko‘z yumgan mahalliy amaldorlarga tortilgan.
Manbaga ko‘ra, tashkilot direktori xodimlariga Amur yo‘lbarslarini elektr toki bilan o‘ldirishni buyurgan. Hayvon suyaklaridan 1993 yildan beri ishlab chiqarish va sotish taqiqlangan sharob tayyorlangan. Hayvonlar boshpanasi muassasasida taqiqlarga qaramay, oldi-sotdi ishlari oshkora rivojlangan.
Bundan tashqari, manba ma’lumotlariga ko‘ra, oqqush, sher va timsoh o‘ldirilib, ularning go‘shti tansiq taom sifatida pullangan. Tashkilot xodimlari ushbu ayblovni rad etmoqda. Ayni paytda politsiya tergov olib bormoqda.
G.XOLDOROVA tayyorladi.