Angrenda qancha benzin oqib ketgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Angren neftebazasi"da avariya sodir etilganligi bilan bog‘liq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshlig‘i D.Azimov munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20.10 da "Angren neftebazasi" hududida 5000 m(kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragi havo harorati pasaygani sababli muzlagan va yorilish yuz bergan. Natijada sig‘imda bo‘lgan 11 500 litr AI-80 benzin yoqilg‘i mahsuloti to‘kilgan.
— Sodir bo‘lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida soat 20.45 da bartaraf qilindi, — deydi D. Azimov.
Hech kimga jiddiy zarar yetmagan.